Tadbir ICAO EUR/NAT mintaqasidagi aeronavigatsiya provayderlari ekspertlari va vakillarini an’anaviy aeronavigatsiya ma’lumotlari almashinuvi tizimlaridan zamonaviy SWIM (aviatsiya sohasi ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz va standartlashtirilgan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlovchi ma’lumotlarni boshqarish tizimi) raqamli arxitekturasiga o‘tishni muhokama qilish uchun birlashtiradi.
Mazkur yig‘ilishda ishtirok etish “O‘zaeronavigatsiya” Мarkazi mutaxassislariga xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish hamda aeronavigatsiya ma’lumotlarini raqamlashtirishning dolzarb yondashuvlari bilan tanishish imkonini beradi.