“O‘zaeronavigatsiya” Markazi xodimlari ilk bor Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’limi institutida NILE (Norwich Institute for Language Education) ingliz tilini takomillashtirish kurslarni bitirishdi. Ushbu nufuzli markaz malaka oshirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik ta’minotchilardan biri hisoblanadi: 1995-yildan buyon bu yerda dunyoning 100 mamlakatidan 90 000 dan ortiq mutaxassis tayyorlangan.
Shubhasiz, “O‘zaeronavigatsiya” mutaxassislari uchun til o‘rganish borasidagi bu yangi imkoniyat aviatsiya ingliz tili bo‘yicha bilim va malaka sifatini yanada yuqori darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.