Ushbu kurs havo kemalarini vektorlash va ularning tezligini boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, havodagi harakatni tashkil etishning zamonaviy xalqaro usullarini o‘rganishga qaratilgan.
“O‘zaeronavigatsiya” markazi mutaxassislari 2026-yilga mo‘ljallangan dastur doirasida Ispaniyadagi “Entry Point North” akademiyasida malaka oshirdilar
Kurs havo kemalarini vektorlash va ularning tezligini tartibga solish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, shuningdek, havodagi harakatni tashkil etishning zamonaviy xalqaro usullarini o‘rganishga qaratilgan edi.
Olingan bilim va ko‘nikmalar mutaxassislarga parvozlar xavfsizligini ta’minlagan holda, havo kemalarining ortib borayotgan oqimini samarali boshqarishga yordam beradi. Mazkur tayyorgarlik kelgusida “Yangi Toshkent” aeroportining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan alohida ahamiyat kasb etadi, chunki uning ko‘lami va kutilayotgan harakat jadalligi yuqori darajadagi kasbiy mahorat hamda aniq muvofiqlashtirishni talab etadi.