description

FPDAM o‘zidan parvozlar sxemalarini ishlab chiqish va havo sarhadlarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan innovatsion yechimni namoyon qiladi. Ushbu dasturiy ta’minotni joriy qilish quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

- parvozlar xavfsizligining yuqori sifatli tasdiqlovi;

- muolajalarning yer usti verifikatsiyasi va validatsiyasini o‘tkazib turish;

- hisob-kitoblarni bajarish jarayonlarida inson omili ta’sirini minimallashtirish va xatolarni bartaraf etish.

FPDAM dasturiy ta’minoti bundan muqaddam Singapur, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yangi Zelandiya va Ozarbayjon kabi bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyatli tatbiq etilgan bo‘lib, o‘zining samaradorligi va ishonchliligini tasdiqlagan holda faoliyat yuritmoqda.

Меню