Kuni kecha "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK direktori va korxonaning yosh mutaxassislari bilan online uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - korxona rahbariyati va yosh xodimlari o'rtasidagi aloqani mustahkamlab, yoshlarni taklif- go'yalarini tinglashdir.
Uchrashuv boshida "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK direktori Djumayev D.I. korxonaning joriy loyihalari haqida ma'lumot berib, havodagi harakat xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yechimlar joriy etilayotganini ta'kidladi.
Uchrashuvning asosiy qismi yosh xodimlarning savollari va takliflarini muhokama qilishga bag'ishlandi.
Rahbariyat har bir taklifni diqqat bilan tinglab, mehnat sharoitlarini yaxshilash va korxona samaradorligini oshirishga qaratilgan g'oyalarga alohida e'tibor qaratdi. Uchrashuv davomida, yosh mutaxassislar keyingi ishlarda hisobga olinadigan bir qator konstruktiv g'oyalarni taklif qilib, yuqori darajadagi qiziqish va professionallikni namoyish etishdi.
Uchrashuvni yakunlab, direktor barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, ularning aviatsiya sohasi rivojiga katta hissa qo'shishiga ishonch bildirdi.