"O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Xotin-qizlar kengashi raisi R.Abdumalikova hamda Navoiy, Buxoro va Samarqand hududiy bo’linmalarining xodimalari o'rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.
2022 yil 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" shiori ostida "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida", "Xotin qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida", hamda "Bola huquqlari to'g'risida" xotin-qizlarni huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish bo'yicha ma'lumotlar berildi.