description

"O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Xotin-qizlar kengashi raisi R. Abdumalikova hamda Namangan, Andijon va Farĝona hududiy bo’linmalarining xodimalari o'rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida kundalik hayotda uchraydigan muammolar, turli xastaliklarni kelib chiqish sabablari, stress holatlar va ularning yechimi to'g'risida so'z yuritildi.

Shu bilan birga, ayollar orasida ko'p uchraydigan turli xil kasalliklarni oldini olish maqsadida tibbiy kòrikdan muntazam ravishda o'tish tartib va jarayonlari muhokama etildi.

Uchrashuv so'ngida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli sohalarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
 

Меню