description

"O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasi Lex.uz haqida seminar bo'lib o'tdi.

▪️O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiluvchi yagona rasmiy elektron resurs hisoblanadi.

▪️Ushbu tizim bir qancha afzalliklarga ega bo'lib, hujjatlarni ko‘chirib olish, taqdim etilgan havolalar orqali boshqa hujjatlarga tez va oson o‘tish imkonini yaratadi.

▪️Shuningdek, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tezkorlik bilan yangilanadi hamda ushbu hujjatlarga havolalar taqdim etilishi foydalanuvchilarga avvalgi va keyingi tahrirlarni ko‘rish va solishtirish uchun qulaylik beradi.

Меню