Bugun butun O‘zbekistonda rahbar va xodimlar shaxsiy avtomashinalaridan, jamoat transporti yoki piyoda ishga borishni afzal ko‘rishdi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan ushbu tashabbus “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK jamoasi tomonidan ham shijoat bilan qo‘llab-quvvatlandi.