“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK vakillari Aeronavigatsiya xizmatlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ekspertlar guruhining yettinchi yig‘ilishi (ANSIG) va Inqirozlarni boshqarish va favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish bo‘yicha seminardan iborat navbatdagi ICAO gibrid tadbirida ishtirok etishdi. Tadbir, Qozog'iston Respublikasining, Ostona shahrida bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishda aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasida xalqaro va mintaqaviy muvofiqlashtirish, ICAO standartlari va tavsiya etilgan amaliyotlarini joriy etish, parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha ekspert xulosalarini almashish, shuningdek, havo harakatini boshqarishda boshqaruv inqirozi masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Estoniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tunis, Turkiya, O‘zbekiston, ICAO mintaqaviy byurosi, IATA, Eurocontrol, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi, "Parvoz xavfsizligi" agentligining xalqaro konsalting va tahliliy ekspertlari ishtirok etishdi.
Vakillar ICAO va Eurocontrol hujjatlarining me’yoriy-huquqiy bazasiga kiritilgan o‘zgartirishlar taqdimoti, ANSISGga a’zo mamlakatlarning aeronavigatsiya xizmatlari, qidiruv-qutqaruv xizmatlari va xodimlarni tayyorlash, parvozlarni radiotexnika va meteorologik ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlar to‘g‘risidagi hisobotlari bilan tanishishdi.
Shuningdek, yig‘ilish va seminarlar kun tartibidan ASBU ICAO aeronavigatsiya tizimini blokli modernizatsiya qilish, GNSS global sun’iy yo‘ldosh-navigatsiya tizimidan foydalanish monitoringi masalalari va havodagi inqirozli vaziyatlarda qanday harakat qilishning yangilangan mexanizmi masalalari muhokama qilindi.