Mazkur tadbir doirasida ShHT 1-xalqaro transport forumi, EKO transport vazirlarining 12-yig‘ilishi va 2 – Xalqaro aviatsiya “Aviatsiya va logistika" forumlari bo'lib o'tmoqda.
Shuningdek, forumda 15 dan ortiq davlatlardan 60 ga yaqin tashkilot vakillari ishtirok etishmoqda. Xalqaro ekspertlar, tashkilot rahbar va vakillari o‘z chiqishlarida transportni raqamlashtirish sohasida rivojlantirish va unga jadal o‘tish muhimligini ta’kidladilar.
Shuni aytish joizki, bu kabi tadbirlar davlatimiz tomonidan transport tuzilmasiga, xususan, aviatsiya sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganidan darakdir.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar Respublikamizni Markaziy Osiyo mintaqasidagi transport logistikasi sohasida yetakchi o‘rinlarni egallab borayotganiga yorqin misol bo’la oladi.