Ijtimoiy masalalar bo'yicha mutaxassis muvaffaqiyatli muloqot qilish va yetakchilik fazilatlarini aniqlashga qaratilgan timbilding o'tkazdi.
Yoshlar ittifoqi yetakchisi yosh jamoa a’zolari bilan shaxsiy, ma’rifiy mavzular yuzasidan fikr almashdi.
Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi raisi xodimalar bilan muammo va takliflar yuzasidan suhbat olib bordi.
Shuningdek, ekologiya bo‘yicha muhandis “Ekologiya, atrof-muhit va ekologik xavfsizlik” mavzusida suhbat o‘tkazdi.
Faol xodimlar katta ishtiyoq bilan daraxt ko‘chatlarini ekib, hududni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.