description

2024 yil 19-20 avgust kunlari "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK va "Kazaeronavigatsiya"RDK vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Mavjud havo harakatini boshqarish yo'nalishlarini optimallashtirish va joriy etish masalalari muhokamaning asosiy mavzusi bo'ldi.

Muzokaralarning maqsadi – havo trafigini yanada samarali taqsimlashni ta'minlash, HHB sektorlarini ortiqcha yuklanishining oldini olish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi havo hududining xalqaro aviatashuvchilar uchun muqobilligini oshirishdir.

Uchrashuv doirasida tomonlar ikki mamlakat aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Memorandum loyihasini ham ko'rib chiqishdi. Ushbu hujjatni imzolash aeronavigatsiya infratuzilmasini birgalikda modernizatsiya qilish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yo'lidagi muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.

Меню