Jumladan, Markaz xodimlari uchun AMEGA tashkilotining ERP (Enterprise Resource Planning- korxona manbalari rejasi) tizimi to’g’risida taqdimot namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida ERP tizimi nimalarni o‘z ichiga olishi, korxona ishini avtomatlashtirish vositasi sifatida qanday afzalliklarga ega ekanligi haqida to’liq ma’lumot berildi.
Ta’kidlab o’tilganidek, tizim bo‘limlar ishini tashkil etish, shuningdek, avtomatlashtirish imkonini beradi:
• boshqaruv, buxgalteriya, kadrlar hisobi;
• ombor logistikasi;
• xaridlarni boshqarish;
• optimal ishlab chiqarish rejasini hisoblash;
• hujjatlar aylanishi, boshqa xususiyatlar.
Mazkur tizim barcha bo’limlar faoliyatini birlashtirganligi sababli, xodimlarning yanada samarali ishlashiga yordam beradi.