Parvozlarni xavfsizligini ta’minlashda sog'lom aviadispetcherlarni ish joyida bo'lishi muxim vazifaga ega. Shu sababdan, “O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK ishlab chiqarish jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarish va rivojlantirish bo'yicha rejali ish olib borilmoqda
Aviatsiyasi tarixida birinchi marta, Toshkent va Samarqand Havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan Markazida sinov tariqasida 2024- yilning 1-martidan boshlab smena oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartiboti, shuningdek tibbiy ko‘rikning elektron(TKET) tizimini qo‘llagan holda Havodagi harakatga hizmat ko'rsatish mutaxassislarining salomatligini nazorat qilish davriy amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tizim xodimning salomatligini tekshirish jarayonini soddalashtirish va avtomatlashtirish xususiyatiga ega. Mazkur tizim salomatlikning 10ta asosiy parametrlarini tahlil qiladi, xulosasini shakllantirib ushbu ma’lumotni masofadan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK shifokorining terminaliga joylashtiradi, bu ma’lumot esa, mutaxassisni smenaga qo‘yish -qo‘ymaslik yuzasidan xulosani shakllantiradi.