“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK delegatsiyasining Koreya aeroportlari assotsiatsiyasiga amalga oshirgan ishchi tashrifining ikkinchi kunida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.
Aytish joizki, shahar sharoitida yuk va yo‘lovchilarni yetkazib berish uchun uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish masalasi tobora dolzarblashayotganligi sababli xavfsizlik hamda qonunga bo’lgan talab ham ortmoqda.
Shuni inobatga olgan holda, Markaz vakillari SWIM bo‘yicha taqdimot namoyishi bilan yaqindan tanishishdi.
SWIM - bu parvozlar bilan bog'liq ma'lumotlar almashinuvi uchun global tizim hisoblanadi.
Kun yakunida, VOR / TACAN obyektida navigatsiya vositalaridan uchib o’tish uchun drondan foydalanish amaliyotda namoyish etildi.