description

Koreya aeroportlari assotsiatsiyasi taklifiga binoan joriy yilning 12 iyun kuni “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbariyati hamda mutaxassislari rasmiy tashrif bilan Seul shahriga yetib kelishdi. Ishchi tashrifning birinchi kunida KAC bosh direktori janob Xyo’n Yung Yun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Muloqot chog‘ida tomonlar aeronavigatsiyani rivojlantirishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Assotsiatsiya vakillari tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot namoyish etishdi.

 

 

Shuningdek, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK xodimlari “NAVAID” laboratoriyasiga tashrif buyurishdi va korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kun so’ngida, Gimpo aeroportidagi navigatsiya va joylashuv komplekslari ko’zdan kechirildi.

 

 

 

Меню