Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning standartlari va tavsiyalariga rioya qilish maqsadlarida Hududiy navigatsiya mezonlariga asosan uskunalar bo‘yicha parvozlar chizmalarini loyihalashtirish sohasida (PANS-OPS RNAV) “Hududiy navigatsiya mezonlariga asosan uskunalar bo‘yicha parvozlar qoidalariga ko‘ra aerodromda havo kemalarini manyovrlar bajarish tartiblarini ishlab chiqish” kurslarida “O‘zaviatsiya” agentligi va “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK vakillari uchun o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kursi xalqaro darajadagi mutaxassis, Ozarbayjon Aeronavigatsiya axborot markazi rahbari Aleksandr Estrov tomonidan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK qoshidagi “O‘quv-mashg‘ulot majmuasi” negizida 2024-yilning 25-mart 9-aprel kunlari o‘tkaziladi.
O‘quv kursining ikkinchi bosqichi Boku shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu o‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat berilishi ko‘zda tutilgan.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlash natijalariga ko‘ra “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK va “O‘zaviatsiya” agentligi vakillariga xalqaro sertifikatlar topshirildi.