description

ICAO Parij byurosi shafeligida Yevropa aviatsiya guruhining EASPG/5 (European Aviation System Planning Group) tizimini rejalashtirish yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tmoqda.

Ushbu yig'ilishda 50 dan ziyod davlatlar, shuningdek, IATA, IFALPA, IFATCA, EUROCONTROL, JEPPESEN, CANSO, ICCAIA, EASA vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur yig'ilish quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi: ICAO va EANPG aeronavigatsiya loyihalarining muhim o'zgarishlari va taraqqiyotini ko'rib chiqish, ICAO mintaqalarida aviatsiya xavfsizligi, aviatsiya xavfsizligining mintaqaviy rejalari, global aeronavigatsiya rejalarini amalga oshirishdagi yutuqlar, havo harakatini tashkil etish hamda xizmat ko'rsatishda kiberxavfsizlikni ta’minlash.

Shuningdek, ushbu tashrif doirasida “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK delegatsiyasi HHB va zamonaviy aloqa vositalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Orli aeroportida joylashgan HHB Tower minorasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda hamda uchrashuv so’ngida ENAC (Ecole Nationale de l'Aviation Civile/ Fransiya fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi) vakili bilan ushbu taʼlim muassasasi negizida aviatsiya xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashuv rejalashtirilgan.

Меню