description

Joriy yilning 11 -14 sentabr kunlari “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi havo kengliklarida yagona o‘tish balandligi va darajasini joriy etish, tegishli jarayonlarni Havo harakatini tashkil etish organlari bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha “Kazaeronavigatsiya” RDK hamkasblari bilan tajriba almashish maqsadida Qozog’iston Respublikasi Ostona shahriga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi havo hududi tarkibida kelajakdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, xavflarni tahlil qilish va baholash, aeronavigatsiya axborot hujjatlarini qayta ishlash hamda yangilash kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Yagona mutlaq balandlik va o'tish darajasini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- mutlaq balandlik, o'tish darajalarining turli qiymatlari oralig'ini yo'q qilish va ularni yagona qiymatga yetkazish;

- parvozning kritik bosqichi - havo kemasi qo’nish yo’lagiga kirishida - balandlik o'lchagich sozlamalarini o'zgartirish yordami bilan havo kemasi ekipajlari uchun og’irlikni kamaytirish;

- havo kemasi ekipajlari tomonidan balandlik va o'tish darajalarini noto'g'ri aniqlanishidan yiroq bo’lish;

- parvoz ekipajlari xatolarining oldini olish uchun xavfsizlik chegarasini oshirish;

- O‘zbekiston Respublikasi havo hududi tuzilmasi va tasnifiga o‘zgartirishlar kiritish, undan barcha foydalanuvchilar oqilona foydalanishini oshirish.

Меню