Joriy yilning 18 sentabr kuni "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK binosi hududida safarbarlikka tayyorgarlik ko'rish bo'limi va ijtimoiy bo'lim tomonidan tashkil etilgan taktik-maxsus o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishtirokchilarning malakasini oshirishdir.
Tadbirda, shahar kuchlari: o‘t o‘chiruvchilar, tibbiy xizmat vakillari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, kinologlar va “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK ma’muriyatining butun jamoasi ishtirok etdi.