description

Andijon aerodromida yangi havodagi harakatni boshqarish kompleksini qurish bo'yicha keng ko'lamli loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi. Mazkur kompleks eng zamonaviy radiotexnika uskunalari bilan jihozlangan bo'lib, ushbu mintaqada havodagi harakatni boshqarish sifati va xavfsizligini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Loyiha O'zbekistonda havodagi harakat infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yaxshilash bo'yicha "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK strategiyasining bir qismidir. Yangi kompleks eng yangi texnologiyalar, jumladan, ilg'or radar, aloqa va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bilan jihozlanadi. Bu esa, o’z o’rnida aerodrom hududida hamda uning atrofida havo kemalarini boshqarishda yuqori darajadagi xavfsizlik va samaradorlikni ta'minlaydi.

Loyihaning asosiy afzalliklaridan biri – zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki bu, havodagi harakatni boshqarishning aniqligi, ishonchliligini oshirib, parvozlar xavfsizligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Andijon shahrida yangi havo harakatini boshqarish kompleksining qurilishi kelgusi oylarda boshlanadi va kelgusi yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Меню