Joriy yilning 22-23 avgust kunlari “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK direksiyasida ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilish maqsadida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov o‘tkazadi:
1. Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri
Nomzodlarga bo‘lgan talablar:
• 21 yoshdan kichik bo‘lmasligi;
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi;
• “Havodagi harakatni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim diplomi;
• ICAO shkalasi bo‘yicha 4-darajada ingliz tilini bilish sertifikati bo‘lishi.
2. Parvozlar ma’lumot-xizmati dispetcheri
Nomzodlarga bo‘lgan talablar:
• 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi;
• O‘zbekistoRespublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi;
• “Havodagi harakatni boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim diplomi bo‘lishi;
• ICAO shkalasi bo‘yicha 3-darajada ingliz tilini bilish sertifikati bo‘lishi.
Ma'lumot uchun: xorijiy bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risida diplom taqdim etilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda, diplomini nostrifikatsiya qilish jarayonidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish lozim.
«Nomzodlarni ro‘yxatga olish» 2024 yil 22-avgustda soat 09.00 dan 16.30 gacha bo‘lib o‘tadi.
Taʻlim muassasalari bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tishlari shart, shundan so‘ng ular tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi (ushbu tartibotni o‘tkazilish zarurligi, barcha tegishli hujjatlarni, hamda tanlovni rejalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq).
Ro‘yxatdan o‘tish tartibotining jarayoni uchun, nomzod tanlov komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- Pasport (nusxasi);
- Bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi Diplom baholash varaqasi bilan (nusxasi);
Havodagi harakatni boshqarish dispetcheri mutaxaassisligi uchun, ICAO shkalasi boʼyicha ingliz tili 4-chi darajadan past bo‘lmagan sertifikati (nusxasi);
Parvozlar ma’lumot xizmati dispetcheri mutaxassisligi uchun, ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili 3-chi darajadan past bo‘lmagan sertifikati (nusxasi);
Eslatma: 2024-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtmagan shaxslar 2024-yil 23-avgustda boʻlib oʻtadigan saralash bosqichida ishtirok etishmaydi.