Bugun Lissabonda havodagi harakatni boshqarish sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri — Airspace World 2026 o‘z ishini boshlaydi.
26–28 may kunlari jahon aviatsiya hamjamiyati Feira Internacional de Lisboa (FIL) majmuasida jamlanadi. Unda yetakchi aeronavigatsiya provayderlari, aviatsiya tashkilotlari, ishlab chiquvchilar va ATM ekspertlari, raqamlashtirish, barqaror rivojlanish, uchuvchisiz texnologiyalar hamda kelajak havo hududi bo‘yicha zamonaviy yechimlarni taqdim etadi.
“O’zaeronavigatsiya” Markazi ham Airspace World 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasini aviatsiya sohasining eng muhim xalqaro maydonlaridan birida namoyish etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida konferensiyalar, panel muhokamalari va jahon aeronavigatsiya sohasining rivojlanishini belgilovchi ilg‘or texnologiyalar namoyishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Har yili Airspace World dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan minglab ishtirokchilarni birlashtirib, aviatsiya sohasidagi xalqaro professional muloqot uchun muhim platformalardan biri hisoblanadi.