O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 30-iyun kuni O‘zbekiston yoshlari “Kamolot” ijtimoiy harakatining qurultoyida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK “Yoshlar ittifoqi yetakchilari” lavozimiga nomzodlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKning 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislari taklif etiladi.
Mas’uliyati:
- O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarning rolini kuchaytirish;
- yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashish;
- yoshlarni sportga va jismoniy tarbiyaga jalb etish;
- yoshlarni chet tillarini o‘rganishga jalb etish;
- yoshlarning malaka va kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
- yosh oilalarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etish.
Talablar:
Ijtimoiy sohada va yoshlar bilan ishlash tajribasi;
Oliy ma’lumot;
Rezyume;
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ish rejasi;
Kompyuter savodxonligi;
Yuqori darajadagi mas’uliyat;
Natijalarga e’tibor qaratish
Ma’lumot bilan ishlash qobiliyati, ko‘pvazifali, jamoa tajribasi;
Davlat tilini bilish.
Shartlar:
Do‘stona jamoa va ilg‘or rahbariyat.
Takliflar quyidagi manzilda yozma va elektron shaklda qabul qilinadi: Toshkent sh., Lokomotiv ko‘chasi, 13-uy
Ma’lumot uchun telefon: (78)140-27-20
Elektron pochta:
Е-хаt: cuan@exat.uz
E-mail info@aeronav.uz
Ariza berish muddati: 2022-yil 10-maygacha.
Tanlovni o‘tkazish kuni: 10.05.2022.
Tanlov o'tkazish shakli: ochiq tanlov.