Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Havo hujumi mudofaa qo‘shinlari, Harbiy havo kuchlari vakillari, O‘zaviatsiya agentligi, “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK, va “Uzbekistan Airports” mutaxassislari hamda Toshkent, Nukus, Qarshi, Samarqand, Urganch, Termiz, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Buxoro aeroportlarining aerodrom xizmatlari vakillari ishtirok etishdi.
Seminar davomida yangi “GRF” formati – ICAO konsepsiyasiga muvofiq uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasi holatini baholash va hisobot berish metodologiyasi haqida to’liq ma’lumot berildi.
Shuningdek, “O’zaeronavigatsiya” xizmati va aeroportlarning aerodrom xizmati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.