Joriy yilning 30-may kunidan boshlab Aqto‘be HHB avtomatlashtirilgan markazi va Toshkent HHB avtomatlashtirilgan markazi o‘rtasida OLDI (On-line Data Interchange) protokoli bo‘yicha “ovozsiz” yo’naltirish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi joriy etilmoqda.
Mazkur OLDI protokoli - kelishuv jarayonini raqamlashtirish va bog’langan dispetcherlik punktlari o’rtasida o’zaro muvofiqlashtirish (yo’naltirish) imkonini beradi, shu bilan birga HHB dispetcherining ish faoliyatini yengillashtiradi hamda Havo harakatini tashkil etish markazlari o'rtasida ovozli ma'lumotlarni uzatish jarayonida yuzaga kelgan xatoliklarni kamaytiradi.
Aqto'be HHB avtomatlashtirilgan markazi bilan OLDI protokoli yordamida “ovozsiz” muvofiqlashtirishni tashkil etish, qo'shni davlatlarning HHB markazlari uchun eng birinchi loyiha hisoblanadi.
Bundan avval ushbu tartib Toshkent va Samarqand HHB markazlari o‘rtasida joriy qilingan edi.
Kelgusida mazkur OLDI loyihasini Chimkent, O‘sh/Bishkek va Dushanbe/Xo‘jand kabi Havo harakatini tashkil etish markazlari bilan bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.