description

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi muhandis, ijtimoiy masalalar bo‘yicha mutaxassis, ekolog-muhandis, yoshlar yetakchisi hamda Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasi raisi bilan birgalikda Nukus HHB hududiy bo’linmasiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif davomida yoshlar yetakchisi jamoaning yosh xodimlari bilan shaxsiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’rifiy mavzularda fikr almashdi.

Shuningdek, ijtimoiy masalalar bo'yicha mutaxassis jamoada samarali muloqot qilish va birdamlikni oshirishga qaratilgan "Team Building" mashg’ulotini o'tkazdi.



“Mo‘ynoq – qumdagi kemalar” shahriga ekotur tashkil etildi. Ekoturning asosiy maqsadi Respublikada 2020-yildan buyon amalga oshirilayotgan “Orol dengizidagi mening bog‘im” loyihasiga hissa qo’shish edi.



Tadbirning faol va g‘amxo‘r ishtirokchilari katta ishtiyoq bilan daraxt ko‘chatlarini ekishdi va shu orqali hududni ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.


Shu bilan birga, Orol dengizi muzeyiga sayohat uyushtirldi, u yerda o‘tmishning hayratlanarli artefaktlari bilan yaqindan tanishildi, hujjatli film namoyish etildi, butun dengiz qanday g‘oyib bo‘lgani va kemalar muzlab qolgani haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lindi.

Меню