description

Kuni kecha Transport vazirligida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu nashrlar davlat tili, uning rang-barangligi, madaniy merosi haqidagi bilimlarni boyitish va chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadi. 

Taqdimotda Transport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti vakillari, shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan ekspert va olimlar ishtirok etdi. Tadbirda o‘zbek tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlab, uni ommalashtirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK xodimlari ham ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar taqdim etilgan nashrlarning ahamiyati va dolzarbligini ta’kidlab, ulardan foydalanish milliy o‘zlikni anglashning muhim elementi sifatida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Меню