2024 yil 24-25 avgust kunlari butun O'zbekiston bo’ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari e’lon qilingan.
Mamlakatimizda yaxshi an'anaga aylangan ushbu muhim tadbir atrof-muhitni toza va qulay qilish maqsadida hamyutlarni yana birlashtirdi.
Bugun “O'zaeronavigatsiya” Markazi DUK ham ushbu tashabbusga g'ayrat va shijoat bilan qo'shilib, mahallalarni obodonlashtirishga o'z hissasini qo'shdi.
Hasharada nafaqat korxona direksiyasi xodimlari, balki Respublika bo'ylab hududiy bo'linmalar xodimlari ham ishtirok etib, ajratilgan hududlarni tozalash, daraxtlar ekish, yaqin atrof infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etishdi.