description

Joriy yilning 8 mart kuni "Indra Sistemas, S.A." tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan fuqaro aviatsiyasi uchun radionavigatsiya uskunalarini tayyorlash, yetkazish, o'rnatish hamda montaj bo’yicha ishlari yakunlandi.

Termiz aeroporti hududida uzoq masofa o'lchagichli radio-mayoq qo'nish tizimi (DME / ILS) o’rnatildi.

Ushbu tizim qiyin meteorologik sharoitlarda havo kemalari uchun qo’nish yo’lagiga xavfsiz instrumental kirish imkonini beradi va Termiz aerodromining meteorologik minimumini oshiradi.

Shuningdek, 3-martdan 26-martgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistondagi barcha aerodromlarda qoʻnish tizimlarini parvoz tekshiruvi bo’lib o’tdi. Bu o’z o’rnida, qo'nish tizimlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish imkonini berdi (DME / ILS).

Меню