Ushbu anjumanda Avstriya, Daniya, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Malta, Marokash va O‘zbekiston kabi davlatlarning fuqaro aviatsiyasi mutaxassislari hamda ICAO, EASA, IATA, AOPA, ICAEA kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbir doirasida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK xodimlari tomonidan “ICAO LPRs: A VIEW FROM CONTROLLERS nomli taqdimot namoyish etildi va havo harakatiga xizmat ko‘rsatishda qo’llaniladigan frazeologik terminlarga oid muammoli masalalar muhokama qilindi.