EADGE-Group 1995-yilda Xorvatiyaning poytaxti Zagrebeda tashkil topgan. Mazkur tashkilot aviatsiya sohasidagi faoliyatni rejalashtirish bo'yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
Vibe dasturi, rejalashtirish tizimini raqamlashtirish yo’li bilan, messendjer vositalari orqali har bir dispetcher va muhandisning telefon yoki planshetidagi shaxsiy kabinetiga quyidagi xabarlarni yuborish imkonini beradi: tanishib chiqish uchun hujjatlar, har bir smenaning ish jadvali, ish o'rinlari uchun ruxsatnomalar, ishlagan soatlar miqdori, guvohnoma muddati, o'zgartirishlar, malaka oshirish kurslarining jadvali, trenajordagi amaliyotlarni tekshirish yuzasidan axborot, shaxsiy yutuqlar va tibbiy ko’rikdan o'tish bo’yicha ma'lumotlar.
Shuningdek, ushbu tizim “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbariyati tomonidan hududiy bo'linma ish faoliyatini rejalashtirishda nazorat qilish jarayonini raqamlashtirish imkonini beradi.
Bugungi kunda Vibe dasturiy ta'minoti Xorvatiya, Slovakya, Gruziya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda joriy etilgan hamda muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.