Finalda Buxoro, Qarshi, Farg‘ona va Toshkent hududiy bo’linmalarining jamoalari musobaqalashdilar.
Faxriy 3-o‘rinni Farg‘ona HB jamoasi, 2-o‘rinni Buxoro HB jamoasi egallashdi. Turnir g‘olibi Toshkent shahri jamoasi bo‘ldi.
Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan, qolgan barcha ishtirokchilar, jumladan, hakam va tashkilotchilar Kasaba uyushmasi qo’mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Bugun 4 may kuni “Ichki turizm” dasturiga asosan Kasaba uyushma qo‘mitasi barcha ishtirokchilar uchun Samarqand shahri bo‘ylab ekskursiya uyushtirishmoqda.