Mazkur anjuman Markaziy Osiyo va qoʻshni mamlakatlardagi havo transporti bozorining bugungi holati va istiqbollariga bagʻishlangan boʻlib, aviakompaniyalar, aeroportlar, lizing kompaniyalar rahbarlari, moliyachilar, havo kemasini ishlab chiqaruvchilar hamda bozor ekspertlarini mintaqada havo transportini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun bir maydonda birlashtirdi.
Shuningdek, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston aviatsiya agentligi va O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyala vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida pandemiya va siyosiy voqealardan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasining global havo transportidagi yangi o‘rni, jadal o‘sishni rag‘batlantirish va geosiyosiy afzalliklarga erishish imkoniyatlari, ehtiyojlar, yaqin kelajakda havo transportini rivojlantirish uchun qanday resurslar talab qilinishi haqida savollar ko‘rib chiqildi.