O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK Parvozlar Xavfsizligini Boshqarish Tizimi va Sifat Menejmenti Tizimi (PXBT va SMT) boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda O’ANM tarkibiy bo'linmalarida PXBT faoliyati uchun mas'ul mutaxassislar ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK parvozlar xavfsizligi bo'yicha axborotlarni to 'plash, tahlil qilish, almashish va ixtiyoriy xabarlar tizimi faoliyatining asosiy tamoyillari to'g'risidagi ma'lumotlarni seminarning barcha ishtirokchilariga yetkazishdan iborat edi. Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro amaliyotga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatida xavf omillarini aniqlash va parvozlar xavfsizligi xavfini baholash jarayonlari bilan tanishdilar.
Seminar "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUKda parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va yaxshilash masalalari bo'yicha tadbir ishtirokchilari o'rtasida muhokama va tajriba almashis maydoni bo'lib xizmat qildi desak, mubolag’a bo’lmaydi
Ushbu formatdagi tadbirlar "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK xodimlari o'rtasida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini tushunish sifatini sezilarli oshiradi.