description

Mazkur yig‘ilishda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, “O‘zAeroSpace” MCHJ, “O‘ZGASHKLITI” DUK, Respublika aerogeodeziya markazi, O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi qoshidagi “ZIYO” media-markazi hamda “Geoinnovatsiya markazi” DUK vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida uchuvchisiz uchish apparatlari va fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining havo hududidan birgalikda foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish tizimlari sohasini yanada rivojlantirish, parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlari joylashuvini aniqlash masalalari va uchuvchisiz uchish tizimlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish chora-tadbirlari kabi masalalar muhokama etildi.

Yig‘ilish yakunida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani va havo harakatiga xizmat ko‘rsatish tizimlarini raqamli transformatsiyalashni yanada takomillashtirishga kelishib olindi.

Меню