O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida radionavigatsiya uskunalarini qayta jihozlash rejasiga muvofiq Farg‘ona aeroportida ILS/DME qo‘nish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qisqa muddatlarda amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.
🟢Yangilangan tizim laboratoriya havo kemasi tomonidan parvoz sinovi orqali tekshirilib, O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.
🟢Mazkur tizim havo kemalariga qo‘nishda yo‘nalish ko‘rsatuvchi, tungi vaqtda yoki murakkab ob-havo sharoitida uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqinlashish imkonini beruvchi aniq radionavigatsiya tizimi hisoblanadi.