description

Kuni kecha “Oʻzaeronavigasiya" Markazi DUK rahbariyati va IATA vitse-prezidenti Rafael Shvartsman boshchiligidagi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) delegatsiyasi oʻrtasida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — korxona faoliyatini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi havo hududining xalqaro aviakompaniyalar uchun jozibadorligini oshirish yo‘llarini muhokama qilishdir.

Uchrashuvda Oʻzbekiston havo hududining tranzit salohiyatini rivojlantirish istiqbollariga, xalqaro havo qatnovi hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

Меню