description

“O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK vakillari havo hududidan foydalanish va Davlatlararo aviatsiya Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Havo hududi va havo harakatini boshqarish tizimlaridan foydalanishda dolzarb muammolar va texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi. 

Mazkur konferensiya Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tdi. Anjumanda havo hududidan foydalanish, havo harakatini boshqarish istiqbollari, uchuvchisiz havo kemalarini ajratilmagan havo hududiga integratsiyalash muammolari, GLONASS global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimini rivojlantirish va fuqaro aviatsiyasidagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu tizimdan foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

Меню