Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Bahor faslining eng go'zal bayramlaridan biri hisoblanmish, Navro'z bayrami arafasida bugun yurtimiz bo’ylab umumxalq hashari bo’lib o’tdi.

O`zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUKda ham hamjihatlik bilan tashkil etildi.

Erta tongdan, korxona xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
