Ushbu tashkilot dunyodagi yetakchi radiotexnika ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi.
Tashrifning birinchi kunida korporativ bozorni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezident janob Bernd Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi havo qatnovini rivojlantirish va parvozlar xavfsizligini ta'minlash borasida ulkan qadamlar qo‘ygani haqida ta’kidlanib o’tildi.
Delegatsiya vakillariga tashkilotning asosiy faoliyati, texnologik ishlanmalari, jumladan, ovozli aloqa tizimlari, uskunalarning ishlashini monitoring qilish tizimlari, raqamlashtirish, jarayonlarni avtomatlashtirish, shuningdek, havo harakatini masofadan boshqarish minoralari kabi mavzularda taqdimot namoyish etildi.
Muloqot so’ngida tomonlar istiqbolli hamkorlikni yanada rivojlantirishda o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.