Bugun, 27 noyabr kuni Toshkentda aviakompaniyalar, aeroportlar, transport-logistika kompaniyalari va aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini bir joy jamlagan, navbatdagi Central Asia Air Cargo Summit Xalqaro transport konferensiyasi ochildi.
Yalpi majlislar davomida aviatsiya transportini rivojlantirishning dolzarb masalalari, havo bo‘ylab yuk tashish sohasida paydo bo‘layotgan muammolar va da’vatlar muhokama etilmoqda.
Ko‘rib chiqilayotgan masalalar muhokamasida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar. Aeronavigatsiya xizmatlari milliy provayderi tomonidan o‘z faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, uning davomida havodagi harakatlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish va joriy etish yuzasidan belgilangan, hamda O‘zbekiston havo hududining barcha foydalanuvchilarini shak-shubhasiz qiziqtira olishi mumkin bo‘lgan, rejalar aks ettirildi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, so‘nggi bir necha yil ichida xalqaro hamjamiyat fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishning turli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun maydon sifatida aynan O‘zbekiston Respublikasini tobora tez-tez tanlamoqda, bu esa mamlakatimiz aviatsiya sanoatining yirik jahon markaziga aylanib borayotganidan va hukumatning transport infratuzilmasini takomillashtirishga qanchalar ko‘p diqqat-e’tibor qaratayotganligidan dalolat beradi.