Mazkur ikki tomonlama uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzolashdir.
Shubhasiz, bu qadam ikki tashkilot uchun parvozlar xavfsizligini ta’minlashdagi sa’y-harakatlarini birlashtiradi va hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqadi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK “SOCEA” hamjamiyati tarkibiga kirishi munosabati bilan 21 dekabr kuni bo’lib o’tadigan tadbir yuzasidan barcha masalalar ko’rib chiqiladi.