description

Markaz rahbariyati va Termez hududiy bo’linmasi tarkibi shahrimiz obodligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar bardavom bo‘lishini niyat qilishdi va shundan so’ng ekskavator ilk qazishni amalga oshirdi.

 

 

Mazkur qurilish jarayonida ma’muriyat uchun 2 qavatlik yangi bino va HHB dispetcherlari uchun minora barpo etilishi rejalashtirilgan.

 

 

Ikki qavatlik bino uzunligi 24metr, kengligi 15 metr va minora balandligi 20 metrni tashkil etadi.

 

 

Loyiha bosh arxitektori - Magomedova Gulshoira Islamovna, qurilish ishlarinining bosh loyihachi tashkiloti – “Aero Yo’l Loyiha” MCHJ va sub loyihachisi – “O’zshaharsozlikLiti” DUK hisoblanadi.

 

 

Ushbu obyekt bitkazilish muddati loyiha bo’yicha 2024 yil aprel oyiga mo’ljallangan.

 

 

Ushbu bino qurilishi kelajakda havo harakati boshqaruvini yanada sifatli amalga oshirish hamda parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun hizmat qiladi.

 


 

Меню