Tadbirda O‘zbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar havodagi harakatni tashkil etish, SOCEA doirasidagi hamkorlik va aeronavigatsiyaga ta’sir qiluvchi zamonaviy muammolarni muhokama qilmoqdalar. Dasturda Vengriya HHB markaziga tashrif ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabr oyida Vengriya SOCEA xalqaro platformasining yettinchi ishtirokchisiga aylandi. SOCEA ishtirokchilarining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi