“O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK barchangizni kirib kelayotgan Yangi - 2023 bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
Ortda qolgan yil boshqa sohalar qatori aviatsiya sohasi uchun ham muvaffaqiyatli bo’ldi, deb ayta olamiz. Yil davomida amalga oshirilgan qator loyihalar bunga misol bo’la oladi.
Fursatdan foydalanib, jonkuyar xalqimizni shu jumladan, aviatsiya sohasidagi barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Sizga va oila-a’zolaringizga sog’lik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik-hotirjamlik tilab qolamiz.