Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ATM:SafeSky platformasining raqamli servislarini yanada rivojlantirish maqsadida @atmsafeskybot rasmiy Telegram-boti ishga tushirildi.
Yangi servis platformaning dolzarb ma’lumotlari va asosiy xizmatlaridan qulay foydalanish imkonini berib, foydalanuvchilarning tizim yaratuvchilari hamda administratorlari bilan tezkor aloqasini ta’minlaydi.
Botning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
✅ foydalanuvchilarning murojaatlarini yo‘naltirish;
✅ platformani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
✅ joriy tariflar va xizmatlar haqida ma’lumot olish;
✅ yo‘riqnomalar va foydalanuvchi qo‘llanmalariga kirish;
✅ foydali resurslarga tezkor o‘tish;
✅ ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarga kirish;
✅ dolzarb aloqa ma’lumotlarini olish.
Telegram-botning ishga tushirilishi — bu ATM:SafeSky ekotizimini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo‘lib, u servislar ommabopligini oshirish, foydalanuvchilar bilan qayta aloqani takomillashtirish hamda uchuvchisiz uchish qurilmalari parvozlarini tashkil etish jarayonlarini yanada raqamlashtirishga qaratilgan.