ATM: SafeSky platformasini rivojlantirish doirasida NOTAM funksiyasi joriy etildi. Ushbu funksiya uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlariga muhim aeronavigatsiya xabarnomalarini yetkazish uchun mo‘ljallangan.
Yangi funksional operatorlarga quyidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish imkonini beradi:
• havo hududidagi o‘zgarishlar
• cheklovlar va ogohlantirishlar
• parvozlarga ta’sir qiluvchi boshqa muhim holatlar
📍 Xabarnomalarga tizimdagi maxsus NOTAM bo‘limi orqali kirish mumkin.
Mazkur funksiyaning joriy etilishi operatorlarni markazlashtirilgan tarzda xabardor qilishni ta’minlaydi hamda UUA parvozlari xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.