Airspace World 2026 doirasida Entry Point North kompaniyasi bilan "O‘zaeronavigatsiya" Markazi havodagi harakatni boshqarish dispetcherlarini "Radar Vectoring" kursi bo‘yicha o‘qitish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ushbu dastur aviadispetcherlarning radiolokatsion vektorlash, havodagi harakatni boshqarish va tirbandlik sharoitida parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.